Endi Turkiya va Rossiya milliy valyutada hisob-kitob qiladi
Olam
−
08 noyabr 2022 7871 1 daqiqa
Turkiya va Rossiya milliy valyutalarda, jumladan, energetika sohasida o‘zaro hisob-kitoblar masalasida konsensusga erishdi. Bu haqda Turkiya energetika va tabiiy resurslar vaziri Fotih Do‘nmez ma’lum qildi.
“Rossiya bilan savdomiz ko‘p jabhalarda davom etmoqda. Energiya, shubhasiz, eng katta xarajatlardan biridir, ammo bu turizm, oziq-ovqat mahsulotlariga ham tegishli. Deyarli 5-6 yil davomida har ikki davlat yetakchilari milliy valyutalarda savdo yo‘lini davom ettirish niyatini bildirishgan. Hozirgacha bu jarayon yanada tezlashdi. Oxirgi uchrashuvlarimizda Rossiya gazini rublda to‘lash bo‘yicha kelishuvga erishildi. Bu borada, albatta, ba’zi texnik ishlarni yakunlash kerak”, deydi u.
Shu bilan birga, Do‘nmez Turkiya va Rossiya Federatsiyasi bu mavzuda kelishuvga erishganini va mamlakatlar o‘rtasida milliy valyutalar bilan qisman savdo boshlanganini tasdiqlagan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025