Endi to‘xtab turish joylarini tashkil etishda ekologik xavfsizlik hisobga olinadi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda endi to‘xtab turish joylarini tashkil etishda ekologik xavfsizlik hisobga olinadi. Bu haqda kecha, 19 yanvar kuni Prezident tomonidan imzolangan “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi qonunda keltirilgan.

Qonunga muvofiq, ko‘p kvartirali uylarga tutash hududlar chegaralarida to‘xtab turish joylarini qurishga oid qarorlar hokimliklar tomonidan qabul qilinadi.

To‘xtab turish joylarini joylashtirish ekologik xavfsizlikni ta’minlash hamda atrof-muhitga, aholining sog‘lig‘i va osoyishtaligiga salbiy ta’sirni kamaytirish hisobga olingan holda amalga oshiriladi.

To‘xtab turish joylarini ro‘yxatga olish yo‘l egasi tomonidan amalga oshiriladi va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun alohida joylar majburiy tartibda ajratiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing