Endi Toshkent metrosida hojatxona bo‘lishi mumkin
Jamiyat
−
07 yanvar 2022
4705Toshkent metropolitenida yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida hojatxonalar qurilishi mumkin. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” DUK Matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, ayni paytda metroning “Chilonzor” bekatida sinov tariqasida dastlabki hojatxonalar qurilmoqda.
“Me’yoriy loyiha xujjatlariga o‘zgartirishlar kiritilgan holatda “Chilonzor” metro bekatida tajriba tariqasida hojatxona qurish ishlari olib borilmoqda. Agar bu o‘zini oqlasa boshqa bekatlarda ham amalda tadbiq etilishi ko‘zda tutilgan”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, dunyoning aksariyat metropolitenlarida hozirgi kunda hojatxona hamda ona va bola xonalari mavjud emas. Shu qatorda Toshkent metropolitenida ham xojatxona, ona va bola xonalari qurilmagan.
Bugungi kunda Tokio metropolitenida ona va bola xonasi, hojatxona mavjud. Chunki mazkur metropolitenida 300 ga yaqin metro bekatlari mavjud. Umumiy uzunligi 300 kmdan ortiq bo‘lgan mazkur metroda foydalanuvchi yo‘lovchilar bir manzildan boshqa bir manzilga borishi uchun o‘rta hisobda 2-3 soat davomida metro xizmatidan foydalanadi.
LiveBarchasi