Endi “tez yordam” harakatini kuzatib borish mumkin bo‘ladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda tez tibbiy yordam avtotransport vositalariga radioaloqa uskunalari va GPS-trekerlar o‘rnatiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga tez tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorida belgilandi.

Qarorga ko‘ra, joylarda tez tibbiy va shoshilinch yordam xizmati faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar dasturi belgilandi:

•  respublika tez tibbiy yordam markazi va uning hududiy filiallari zamonaviy bino va inshootlar bilan ta’minlanadi;

•  respublika tez tibbiy yordam markazining hududiy filiallari va “Call-markaz”lar jihozlanadi, infratuzilmasi yaratiladi;

•  markaziy tuman (shahar) shifoxonalari qabulxonalari shoshilinch xizmat ko‘rsatishga va yuqori texnologik tibbiy jihozlar o‘rnatishga moslashtiriladi;

•  tez tibbiy yordam avtotransport vositalariga radioaloqa vositalari va GPS-trekerlar o‘rnatiladi;

•  tez tibbiy yordam brigadalari planshetlar bilan ta’minlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

259

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing