Endi “tez yordam” hududga emas, masofaga qarab yo‘naltiriladi

Jamiyat

image

Endilikda tez tibbiy yordam brigadalari hudud chegarasiga qarab emas, balki bemorgacha masofaning yaqinligiga ko‘ra yo‘naltiriladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga tez tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorida belgilandi.

Qarorga ko‘ra, tashkil etiladigan yagona “Call-markaz”larda:

•    chaqiruvlarni qabul qiluvchi xodimlar bilan birga shifokor xodimlardan iborat maxsus tibbiy maslahat xizmati faoliyati tashkil etiladi;

•    rahbar lavozimlariga IT-parklardagi iqtidorli yoshlar orasidan munosib nomzodlar tayinlanadi;

•    saralash orqali bemor ahvoli, kasallik turi va og‘irlik darajasiga qarab chaqiruvlarga tegishli tibbiy brigadalarni yo‘naltirish tizimi joriy etiladi;

•    tez tibbiy yordamning tuman (shahar) yoki hudud chegarasidan qat’i nazar bemorgacha masofaning yaqinligiga qarab tibbiy brigadani yo‘naltirish yo‘lga qo‘yiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

238

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing