Endi sifatli mashina xarid qilish yanada oson!

Biznes

Joriy yilning 26 sentyabr kuni Toshkent shahrida Xitoyning eng yirik avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyalaridan biri “Shineray” o‘zining bir nechta mashinalari taqdimotini o‘tkazdi. O‘zbek bozoriga kirib kelayotgan “Shineray” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan mashinalarning afzalligi nimada? Ularning sifati qanday? Narxi-chi? 

Quyidagi maqolani o‘qib, savollaringizga javob olishingiz mumkin.

Kichik tijorat avtomobillarini ishlab chiqarish bo‘yicha jahonda yetakchi bo‘lgan “Shineray Group” 1997 yilda tashkil etilgan bo‘lib, hozirga qadar u asosan avtomobillar ishlab chiqarish va sotish bilan shug‘ullanib kelmoqda. Kompaniya 26 yil ichida turli mamlakatlarda ishlab chiqarish bazalarini ochib, Janubiy Amerika, Afrika, Yaqin Sharq, Markaziy va Janubiy-Sharqiy Osiyo mintaqalaridagi 40 dan ortiq davlatlarda o‘zining mahsulotlarini eksport qilib kelyapti.

Kompaniyaning MDH davlatlari bo‘yicha HR menejeri Royning so‘zlariga ko‘ra, oxirgi yillarda mazkur kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan mashinalar o‘zbek bozoriga katta masshtabda olib kirilmoqda.

“Ayni paytda “Shineray” kompaniyasining mashinalari butun dunyoda ommalashdi. Ma’lumki, so‘ngi yillarda O‘zbekiston mashina bozori anchagina rivojlandi. Bizning mashinalarimiz esa ushbu bozor talablariga mos tushadi. “Shineray”ning ommalashishi sababi – bu avtomobillarimizning qulayligi. Yaqin kelajakda esa yana bir nechta mashinalarni O‘zbekistonga olib kelamiz”, deydi u.

“Shineray” kompaniyasining O‘zbekistondagi direktori Ixtiyor Usmonovning aytishicha, hozirgi kunda O‘zbekistonga kompaniyaning 7 turdagi mashinalari olib kirilmoqda. Ularning afzalligi shundaki, avtomobillar mikroavtobus vazifasini ham bajara oladi. Eng so‘ngi olib kirilgan mashinalar esa ot kuchining yuqoriligi, charm bilan qoplangan o‘rindiqlari, yuk ko‘tarish hajmining kattaligi hamda balonlarining sifati bilan ajralib turadi.

“Hozirgi kunda T52, T32 kabi mashinalarni ham olib kiryapmiz. Narxlari borasida gapiradigan bo‘lsak, T32 mashinasining narxi 14 ming 100 AQSH dollarini tashkil qiladi. Qo‘shimcha imkoniyatlari bilan sotuvga qo‘yilgan T52 mashinasi esa 22 ming 100 AQSH dollarida baholanmoqda. Bundan tashqari, 9 va 12 o‘rinli mikroavtobuslar ham mavjud bo‘lib, ular 15 ming 600 AQSH dollariga sotilmoqda”, deydi Ixtiyor Usmonov.

Bir necha oy oldin “Shineray” kompaniyasidan mashina sotib olgan xaridor O‘tkirjon Abduvaliyevning so‘zlariga ko‘ra, hamyonbop bo‘lgan mashinalar mahalliy ishlab chiqarilayotgan avtomobillardan ko‘ra ancha sifatli va ularni boshqarish oson.

“Bu mashinalarning afzalligi yo‘lovchi tashish uchun ham qulay, ham ixchamligida. Mashina “yumshoq” bo‘lgani uchun, yoqilg‘i ham tejaladi. Bizga shu tomonlari yoqdi. Narxlari ham hamyonbop. Biz bu mashinani olganimizga 5 oy bo‘ldi. Hali muammolarga duch kelmadik. Mashina qisimlarini ham bemalol topa olamiz. Birgina bizning korxona bu mashinalardan elliktasini sotib oldi. Yana xarid qilish niyatimiz bor”, deydi mijozlardan biri.

Qisqa qilib aytganda, endi sifatli, hamyonbop, ernergiya tejamkor mashinalarni xarid qilish muammo emas, chunki “Shineray”  mashinalarida xuddi shu sifatlar mavjud.

Telefon: +998 91-088-03-03

Instagram’da yangiliklardan boxabar bo‘ling

Telegram kanalimizga a’zo bo‘ling

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing