Endi Prezidentning o‘z belgisi va bayrog‘i bo‘ladi

Jamiyat

image


Endi O‘zbekistonda Prezidentning o‘z belgisi va bayrog‘i bo‘ladi. “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti faoliyatining asosiy kafolatlari to‘g‘risida”gi qonuniga shunga oid o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. Bu haqda Adliya vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti faoliyatining asosiy kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimcha kiritish haqida”gi Qonun loyihasi muhokama qilingan.

Qonun loyihasini deputatlarga Adliya vaziri Ruslanbek Davletov taqdim qildi.

Ta’kidlanishicha, Qonun loyihasi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farqlovchi belgilari, ya’ni o‘z belgisi va shtandarti (bayrog‘i) yuzasidan qoidalar kiritilmoqda.

“Xorijiy davlatlarda Davlat rahbarining o‘z belgisi va shtandarti yangi saylangan Prezidentga qasamyod qabul qilgandan keyin topshirilishi belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ushbu masalalar tartibga solinmaganligi bois, qonunchilikni tegishli mazmundagi norma bilan to‘ldirish taklif etilmoqda.

Ushbu tartib lavozimga saylangan shaxsni prezidentlik lavozimiga yuklatilgan murakkab vazifalarni samarali amalga oshirishiga xalq va jamiyat tomonidan bildirilgan ishonch belgisi sifatida xizmat qilishi ta’kidlandi”, deyiladi xabarda.

Davlat rahbarining o‘z belgisi va shtandarti(bayrog‘i)ni belgilash bo‘yicha qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi joriy yilning 24 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Prezident sayloviga Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Shavkat Mirziyoyev, Xalq demokratik partiyasidan Maqsudova Vorisova, Ekologik partiyasi Narzullo Oblomurodov, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan Alisher Qodirov, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan Bahrom Abduhalimov nomzodlari ilgari surilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

353

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing