Endi Piskentda Damas va Cobalt dahshatli YTH sodir etdi

3-sahifa

image

Bugun, 8 iyul kuni Toshkent viloyati Piskent tumanida Damas va Cobalt ishtirokida dahshatli yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat tahminan 09:00 larda Toshkent viloyati Piskent tumani hududidan o‘tgan Olmaliq shahri va Piskent tumanlarini bog‘lovchi mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yo‘lining 14-kilometrida Damas va Cobalt rusumli transport vositalari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Bildirilishicha, YTH oqibatida 3 nafar harakat ishtirokchilari turli ko‘rinishdagi tan jarohatlarini olib, shifoxonaga yotkizilgan. Hozirda holat yuzasidan Piskent tumani IIB xodimlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar Yangihayot tumanida yuk mashinasiga urilgan Damas bo‘linib ketgandi. YTH oqibatida Damas transport vositasining haydovchisiga shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Damas Piskent yo'l-transport hodisasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing