Endi nikoh tuzish va ajralish uchun DXM orqali ariza topshirilishi mumkin 

Jamiyat

image

Nikoh tuzish va nikohdan ajratishni qayd etish uchun FHDYO bo‘limiga ariza berish eksperiment tariqasida Davlat xizmatlari markazlari orqali joriy etilishi mumkin. Bu haqda Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish tartiblarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasida belgilangan. 

Shuningdek, loyihada quyidagilar nazarda tutilgan:

•    tug‘ilganlikni tibbiyot muassasalari orqali FHDYO bo‘limlarida qayd etish tartibi belgilanmoqda. Bunda tug‘ilganlik holati FHDYO bo‘limlarida qayd qilinganligi haqida tibbiyot muassasalari tomonidan beriladigan QR-kodli ma’lumotnoma tug‘ilganlik haqidagi gerbli guvohnomaga tenglashtiriladi;

•    nikoh tuzish va nikohdan ajratishni qayd etish uchun FHDYO bo‘limiga ariza berish eksperiment tariqasida Davlat xizmatlari markazlari orqali joriy etiladi;

•    nikohga kirish haqida ariza berilganda nikohlanuvchi shaxslarning yashash joyidagi mahalla fuqarolari yig‘inini xabardor qilish tartibi bekor qilinmoqda;

•    nikohdan ajratish haqida ariza berilganda er-xotinni yarashtirish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish uchun er-xotinning yashash joyidagi oila va xotin-qizlar bo‘limlariga elektron tizim orqali xabar berish tartibi joriy etiladi;

•    FHDYO organi rahbari lavozimiga adliya organlari va muassasalarida boshqaruv lavozimlarda ishlayotgan xodimlarni tayinlash mumkinligi belgilanmoqda;

•    fuqarolarning familiya, ism va ota ismini o‘zgartirishda tekshiruv o‘tkazish uchun ichki ishlar organiga axborot tizimi orqali so‘rovnoma yuborish va xulosa olish tartibi joriy etilmoqda.

Qayd etilishicha, ushbu loyihaning qabul qilinishi tug‘ilganlik holatlarini o‘z vaqtida qayd qilishga, tug‘ilganlik, nikohni qayd etishda ortiqcha qog‘ozbozlik va byurokratik holatlarga barham berishga, soha xodimlari o‘rtasida korrupsiyaviy holatlar sodir etilishining oldini olishga hamda FHDYO sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanishga xizmat qiladi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

102

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing