Endi mualliflik huquqini buzayotgan saytlar reyestri yuritiladi

Jamiyat

image

Joriy yilning 26 aprel kuni O‘zbekiston Prezidentining “Intellektual mulk sohasini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Davlat bojxona qo‘mitasi Intellektual mulk ob’ektlarining bojxona reyestriga (Reyestr) kiritilgan tovar belgilari bo‘yicha qonunchilik talablari buzilishi haqida xabar beradi.

Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish bo‘yicha texnik jihatdan tartibga solish va sohadagi qonunchilik talablariga qat’iy rioya etilishi Texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tomonidan amalga oshiriladi.

2022 yil 1 avgustdan quyidagi tekshirish va o‘rganishlar Adliya vazirligining “Sanoat mulki muhofazasi portali”dan foydalangan holda amalga oshiriladi:

•  sertifikatsiyalash organlari tomonidan sertifikatlashtirish jarayonidagi qo‘llanilgan nom, qadoqlar va boshqa rekvizitlarda intellektual mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarni o‘rganish va tekshirish;
•  Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tomonidan dorilar, tibbiy buyumlarni ro‘yxatidan o‘tkazishda intellektual mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarga rioya etilganligini tekshirish.

2022 yil 1 iyungacha sertifikatsiyalash bilan shug‘ullanuvchi barcha organlar “Sanoat mulki muhofazasi portali”ga bepul ulanishi mumkin. 

2022 yil 1 sentyabrdan “Yagona darcha” bojxona tizimi orqali intellektual mulk ob’ektlarini Reyestrga kiritish to‘g‘risidagi arizalarni elektron yuborish va ariza holatini onlayn kuzatib borish hamda natijasi bo‘yicha arizachilarni xabardor qilish tartibi yo‘lga qo‘yiladi.

2023 yil 1 yanvargacha intellektual mulk ob’ektlarining auksion savdosini o‘tkazadigan “Intellektual mulk – barcha uchun” maxsus internet-auksion savdo platformasi ishlab chiqiladi.

2022 yil 1 oktyabrgacha Internetda mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni buzgan veb-saytlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi “Mualliflik va turdosh huquqlar sohasidagi qonunbuzilishlar reyestri” axborot tizimi ishga tushiriladi.

Qaror bilan 2022–2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasida intellektual mulk sohasini rivojlantirish strategiyasi tasdiqlandi.


Maqola muallifi

Teglar

mualliflik-huquqi

Baholaganlar

14

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar