Endi moliyaviy nazoratga oid qoidabuzarliklar haqida xabar berganlarga mukofot to‘lanadi
Jamiyat
−
15 fevral 2022 7858 1 daqiqa
Endi O‘zbekistonda moliyaviy nazoratga oid qoidabuzarliklar haqida xabar berganlarga mukofot to‘lanadi. Bu haqda mamlakat Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti xarajatlarining samaradorligini yanada oshirish va davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan.
Qaror bilan Moliya vazirligi huzurida Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tashkil etilmoqda. 2023 yil 1 yanvargacha esa “Elektron nazoratchi-taftishchi” dasturiy majmuasi ham to‘liq ishga tushiriladi.
Shuningdek, Moliya vazirligi huzurida Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasida byudjet hisobidan amalga oshirilgan qurilishlar uchun qilingan to‘lovlar haqiqatda bajarilgan ish hajmiga muvofiqligi ustidan nazorat o‘rnatish uchun Qurilish ob’ektlarida nazorat o‘lchovini amalga oshirish boshqarmasi tashkil etiladi va u 40 ta shtat birligidan iborat bo‘ladi.
Qarorga muvofiq, 2022 yil 1 apreldan moliyaviy nazoratga oid qoidabuzarliklar haqida xabar bergan shaxslarga mukofot to‘lanadi. 2022 yil 1 noyabrgacha Inspeksiya xodimlari moliyaviy nazorat va ichki audit sohasidagi xalqaro tajribalar asosida maxsus o‘quv kurslarida o‘qitiladi. 2022 yil 1 noyabrdan Inspeksiya va ichki audit xizmatlarining xodimlariga malaka sertifikati berish tizimi joriy etiladi.
Live
Barchasi