Endi manzil-koloniyalarda ham pilla yetishtiriladi
Jamiyat
−
27 fevral 2023
4169Toshkent viloyatidagi manzil-koloniyalarda pilla yetishtirish yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ipakchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida nazarda tutilgan.
Hujjatga ko‘ra, ushbu tajriba Ichki ishlar vazirligi va “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi bilan birgalikda 2023 yil bahorgi pilla yetishtirish mavsumidan boshlanadi. Pillachilik klasterlari hamda Toshkent viloyati Bo‘ka va Ohangaron tumanlarida joylashgan manzil-koloniya tipidagi jazoni ijro etish muassasalari o‘rtasida pilla xomashyosini yetishtirish yuzasidan shartnomalar tuzish rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, manzil koloniya ochiq, devori qo‘riqlanmaydigan jazoni ijro etish muassasasidir. U yerda saqlanayotgan mahkumlar ochiqlikda bo‘lib, oddiy fuqarolar bilan birga bemalol ishlashi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning 1 martidan 2026 yil 1 yanvarigacha pillani qayta ishlash va ipak qurti urug‘ini ishlab chiqaruvchilarga subsidiya ajratilishi aytilgan edi.
LiveBarchasi