Endi ko‘chmas mulk tarixini onlayn tekshirsa bo‘ladi

Jamiyat

image

Endi O‘zbekistondagi ko‘chmas mulk tarixini onlayn tekshirish mumkin. Bu joriy yilning 14 avgust kuni Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ko‘chmas mulk tarixi ma’lumotlarini taqdim etish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yishga yo‘naltirilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 380-son qarorida nazarda tutilgan.

 Hujjat bilan ko‘chmas mulk tarixi ma’lumotlarini taqdim etish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlanmoqda.

Ayni paytda ushbu xizmatdan quyidagi usullarda foydalanish mumkin:

  • davlat xizmatlari markaziga tashrif buyurgan holda;
  • yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yordamida;
  • davreestr.uz. orqali.

Bunda ko‘chmas mulkning kadastr raqamini aks ettirgan holda so‘rovnoma to‘ldirib, Bazaviy hisoblash miqdorining 0,5 baravarini to‘lash lozim.

Natijalar quyidagi shakldagi ma’lumotnoma tarzida 3 ish kunida taqdim etiladi.

Ma’lumotnomada:

  • ko‘chmas mullka nisbatan amaldagi va oldingi huquqlar (qurilgan yili, maydon kvadraturasidagi o‘zgartirishlar);
  • davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sana;
  • huquqni belgilovchi hujjat turi, uni bergan organ va hujjat berilgan sana bo‘lishi kerak.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va joriy yilning 15 avgustidan kuchga kirgan.


Maqola muallifi

Teglar

ko'chmas mulk tarixi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar