Endi koronavirusni davolayotgan shifokorlarga har 14 kunda emas, 30 kunda maosh to‘lanadi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda koronavirusni davolashda ishtirok etayotgan shifokorlar “vaxta” usulidan kunbay ish tartibiga o‘tkaziladi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, mamlakatda besh oydan oshiq vaqt davomida tibbiyot muassasasida qolib ishlayotgan tibbiyot xodimlari 14 kunlik “vaxta” usulida emas, balki kunbay kelib-ketish tizimiga o‘tish bo‘yicha taklif berishgan.

Rossiya, Turkiya, Germaniya, Xitoy, Koreya va boshqa rivojlangan mamlakatlar ekspertlari ham koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarni davolashga mo‘ljallangan, saralash va provizor shifoxonalari hamda koronavirus infeksiyasini aniqlash laboratoriyalari xodimlari ish rejimini, ularning sanitariya va gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda kunbay kelib-ketish tizimiga o‘tkazilishiga ijobiy munosabat bildirgan.
  
Bildirilgan taklif va tavsiyalardan kelib chiqib, Respublika maxsus komissiyasining joriy yilning 17 avgustidagi tegishli yig‘ilish bayoniga ko‘ra, shu yilning 20 avgust sanasidan quyidagi tartib joriy etilmoqda: 

•    koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolash ishlariga jalb qilingan hamda ushbu infeksiyani aniqlash laboratoriyasi xodimlari 14 kunlik “vaxta” usulidan, ularning sanitariya va gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda kunbay kelib-ketish tizimiga o‘tiladi;

Ish hajmidan kelib chiqib, 6 kunlik kunbay ishlash mumkinligi belgilangan holda har 30 kun uchun bir oylik ish faoliyati yakuni bo‘yicha:

•    shifokorlarga 25,0 mln so‘m; 
•    o‘rta tibbiy xodimlarga 15,0 mln. so‘m;
•    kichik tibbiy xodimlarga 10,0 mln so‘m;
•    boshqa xodimlarga 5,0 mln so‘m miqdorida maxsus rag‘batlantirish to‘lovlari (daromad solig‘idan tashqari) to‘lanishi belgilandi.

Kunlik qo‘shimcha to‘lovlardan tashqari, asosiy ish joyidagi oylik maoshi saqlab qolinishi belgilandi. Shuningdek, xodimlarning dam olish va bayram kunlaridagi ishlari uchun ularga belgilangan tartibda ikki hissa haq to‘lanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

315

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing