Endi xususiy korxonalarda ishlayotgan homilador ayollarning nafaqasini ham davlat to‘lab beradi – Prezident

Jamiyat

image

Endi xususiy tashkilotlarda ishlayotgan va farzand kutayotgan ayollarning homiladorlik nafaqasi korxona tomonidan emas, balki davlat tomonidan qoplab beriladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yangi bosqichga ko‘tarish va ayollarning jamiyatdagi o‘rnini yanada yuksaltirish va mustahkamlash, shuningdek, ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, oilaviy zo‘ravonlikning oldini olish, gender tenglikni qaror toptirishga qaratilgan muhim chora-tadbirlar yuzasidan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qildi. 

Prezident ayollarni ijtimoiy himoya qilishni tubdan kuchaytirish va bu boradagi yondashuvlarni qayta ko‘rib chiqish vazifasini qo‘ydi.

Yig‘ilishda aytilishicha, mamlakatda har yili o‘rtacha 700 ming chaqaloq dunyoga kelmoqda. Farzandli bo‘lgan ayollar kamida 4 oyga ishdan ajralishi, dekretga chiqishi kerak.

“Ochiq aytish kerak, ayni paytda byudjet tashkilotlari homiladorlik nafaqasini to‘liq to‘lab bersada, xususiy sektorda bu xarajat tufayli ayollarni rasmiy ishga olishdan qochish holatlari ham, afsuski bor”, deydi Prezident.

Shu bois, 2022 yil 1 sentyabrdan xususiy sektorda rasmiy ishlayotgan ayollarga homiladorlik nafaqasini davlat tomonidan kafolatli to‘lab beradigan tizim yaratiladi.

Endi, ularga ham 4 oyga 2 million so‘m miqdorida bir martalik homiladorlik nafaqasi to‘lab beriladi.

Bu maqsadlar uchun, byudjetdan 2022 yilda 200 milliard so‘m, 2023 yilda esa 1,7 trillion so‘m yo‘naltiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

homiladorlik nafaqasi

Baholaganlar

98

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar