Endi kambag‘allikni qisqartirishda Xitoydan o‘rnak olinadi

Jamiyat

image

Endilikda mehnat resurslari va ishsizlik hisobini yuritish ham, bandlikka ko‘maklashish va tadbirkorlikni mahallabay rivojlantirish ham bitta – Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida bo‘ladi. Yangi vazirlikka Xitoydan kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha katta tajribaga ega ekspertlar jalb qilinadi. Bu haqda bugun, 25 yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida aytib o‘tildi. Yig‘ilish haqida Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi. 

Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga xitoylik ekspertlar bilan birga barcha viloyatlarda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amaliy ishlarni tashkil qilish, viloyat hokimlari bilan birga 2023 yil uchun bandlik dasturini tumanlar kesimida qaytadan ko‘rib chiqib, tasdiqlash topshirildi.

Prezident kambag‘allikni qisqartirishning eng asosiy mexanizmi – aholini daromadli ish bilan ta’minlash ekanini qayd etdi. Shu bois, ma’muriy islohotlar doirasida kambag‘allikni qisqartirishga mas’ul 5 ta idora yaxlit tizimga aylantirildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing