Endi qamalib chiqqan fuqarolarga ijtimoiy-moddiy yordam paketi beriladi
Jamiyat
−
29 yanvar 2022
5689Endi o‘zbekistonda jazoni o‘tab bo‘lgan fuqarolarga “dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi”ni berish joriy qilinadi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning “2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan.
Farmonga ko‘ra, 2022 yilda Davlat xizmatlarini rivojlantirish maqsadida:
• hujjatlarni berish va almashtirishda, o‘zaro bog‘liq davlat xizmatlarini murojaatni kutmasdan taklif etish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi;
• “Fuqarolarning raqamli pasporti” loyihasi orqali tug‘ilganlik to‘g‘risida va haydovchilik guvohnomalari, shahodatnoma va diplom kabi hujjatlarni talab qilish bekor qilinadi;
• keksa va nogironlarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish soddalashtiriladi.
Shuningdek, qonun ustuvorligini ta’minlash doirasida:
• ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga fuqarolik va ma’muriy ishlar bo‘yicha ham davlat hisobidan bepul yuridik yordam ko‘rsatish tartibi joriy etiladi;
• qarori, harakati noqonuniy emasligini ma’muriy sudda isbotlash majburiyati, uni qabul qilgan mansabdor shaxsning o‘ziga yuklash tartibi joriy etiladi;
• harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslarni hisobga olish bo‘yicha yagona onlayn elektron reyestr yuritiladi;
• jazoni o‘tab bo‘lgan fuqarolarga “dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi”ni berish joriy qilinadi.
Ushbu tizimda tadbirkorlik, me’morchilik, hunardmandchilik bo‘yicha aniq loyihalari bor shaxslarga bir martalik moddiy yordam beriladi.
LiveBarchasi