Endi qimmatbaho metallarni birjada sotib olish mumkin
Jamiyat
−
09 mart 2019
5149“O‘zbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasi” AJ birja savdolarida qimmatbaho metallarni sotish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqladi. Bu haqida Norma.uz xabar tarqatdi.
Unga ko‘ra birjada qimmatbaho metallar, ularni ishlab chiqaruvchilar, yoki savdolarning boshqa ishtirokchilari tomonidan sotiladi. Sanoatda ishlatiladigan mahsulotlarni qayta ishlash quvvatiga ega bo‘lgan ishlab chiqaruvchilar, shuningdek zargarlik buyumlari va boshqa buyumlarni ishlab chiqaruvchilar ya’ni yuridik shaxslar va YATTlar xaridor bo‘lishlari mumkin. Ular savdolarda ishtirok etish uchun birjaga tegishli litsenziyani taqdim etishlari shart. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar Davlat asillik palatasi tomonidan beriladigan ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasini taqdim etadilar.
Buyurtmanomadan hamda bozordagi talab va taklif kon’yunkturasidan kelib chiqib, ishlab chiqaruvchilar qimmatbaho metallardan quyidagi o‘lchov og‘irligidagi o‘lchov plastinalari, quymalarni ishlab chiqaradilar:
• oltindan – 5, 20, 50, 100, 250, 500 va 1000 grammli;
• kumushdan – 100, 250, 500 i 1000 grammli.
Quymalar yuzasida ishlab chiqaruvchining tovar belgisi bo‘lishi, sof qimmatbaho metall va ligatura massasi tarkibi ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Plastina va quymalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga, shuningdek tovar-xom ashyo birjasining talablariga muvofiq bo‘lishi kerak. Qimmatbaho metallar granulalari mahsulotning tarkibi va sifatini ko‘rsatuvchi tegishli yozuvlar kiritilgan og‘irligi o‘lchangan o‘ramga o‘rab joylashtiriladi.
Birja savdolari har kuni, dushanbadan jumagacha, birja savdolari elektron tizimidan foydalangan holda o‘tkaziladi. Birja savdolarida sotib olingan qimmatbaho metallarni eksportga sotish mumkin emas.
Eslatib o‘tamiz, 2017 yil 1 oktyabrdan qimmatbaho metallar tijorat banklari, MB va Qimmatbaho metallar agentligi ishtirokida zargarlarga sotilayotgan edi. Joriy yil boshida Hukumat yangi tartib – to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha ishlab chiqishni. Yuqorida ko‘rsatilgan “birja” tartibi parallel ravishda yoki ular o‘rniga ishlash-ishlamasligi qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritilganidan keyin ma’lum bo‘ladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilindi va 2019 yil 5 martdan kuchga kirdi.
LiveBarchasi