Endi geografik ob’ektlarga nom berishda aholi fikri o‘rganiladi
Jamiyat
−
04 noyabr 2022
4607“Geografik ob’ektlarning nomlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” Telegram kanalida xabar berildi.
Qayd etilishicha, geografik ob’ektlarga jahon tarixida chuqur iz qoldirgan shaxslarning ismi-sharifini berishga yo‘l qo‘yildi.
Bunda O‘zbekiston yoki jahon tarixida chuqur iz qoldirgan shaxslarning ismi-sharifini berish ularning vafotidan keyin Prezidentning qaroriga asosan hamda, qoida tariqasida nomlari mavjud bo‘lmagan aholi punktlarining tarkibiy qismlariga nisbatan amalga oshiriladi.
Qonunga ko‘ra, geografik ob’ektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish to‘g‘risida takliflar tayyorlash jarayonida mahalliy aholining fikri hisobga olinadi.
Shuningdek, takliflar kelib tushganidan so‘ng muhokama qilish uchun ularni 5 ish kunida tegishli organlar o‘zlarining rasmiy nashrlarida, veb-saytlarida, hamda ommaviy axborot vositalarida e’lon qiladi.
Takliflar muhokamasi ular e’lon qilingan sanadan e’tiboran 15 kundan kam bo‘lmasligi lozim.
LiveBarchasi