Endi fors-major holatlarni tasdiqlovchi sertifikat beriladi

Jamiyat

image

Endilikda fors-major holatlarini tasdiqlash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatiladi. Bu haqda joriy yilning 28 oktyabrida Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan Yengib bo‘lmaydigan kuchlar (fors-major) holatlarini tasdiqlash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentida belgilandi.

Reglament bilan tashqi savdo bitimlari, xalqaro moliya yoki investitsiya kelishuvlari va xalqaro shartnomalar shartlariga muvofiq O‘zbekistonda boshlangan yoki bo‘lib o‘tgan yengib bo‘lmaydigan kuchlar holatlarini tasdiqlash bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatish tartibi belgilandi.

Unga ko‘ra, fors-major holatlari vakolatli shaxsning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan hamda QR-kod bilan rasmiylashtiriladigan elektron shakldagi sertifikatni berish orqali tasdiqlanadi.

Talabgorga sertifikat berish yoki berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror vakolatlari organ tomonidan so‘rovnoma qabul qilingan kundan boshlab 13 ish kunida qabul qilinadi.

Sertifikat olish uchun talabgor quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

•    shartnoma, qo‘shimcha kelishuv hamda ularning spetsifikatsiya nusxalarini; 
•    shartnoma bo‘yicha bajarilgan majburiyatlarning hajmlarini tasdiqlovchi hujjatlarni.

Talabgordan ushbulardan boshqa ma’lumot va hujjatlarni talab qilish qat’iyan taqiqlanadi.

Sertifikat berish uchun BHMning 90 foizi (270 ming so‘m) miqdorida yig‘im undiriladi.

Sertifikat muddatsiz davrga beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

76

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing