Endi fan olimpiadalari g‘oliblariga mukofotlar beriladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari, akademik litsey va kasb-hunar maktablari o‘quvchilari o‘rtasida fan olimpiadalarini tashkil etish, o‘tkazish hamda xalqaro olimpiadalar ishtirokchilarini saralash va g‘oliblarni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. 

Nizomga ko‘ra, maktab o‘quvchilari o‘rtasida umumta’lim fanlari bo‘yicha quyidagi olimpiadalar tashkil etiladi:

•    asosiy olimpiada;
•    qo‘shimcha respublika olimpiadalari;
•    onlayn olimpiada;
•    nufuzli xalqaro olimpiadalar;
•    mintaqaviy xalqaro olimpiadalar.

Jumladan, asosiy olimpiadalar tegishli fanlardan ikki guruhga ajratilgan holda 4 bosqichda quyidagi muddatlarda o‘tkaziladi:

•    1-bosqich – maktab, akademik litsey va kasb-hunar maktablar miqyosida sentyabr oyida;
•    2-bosqich – tuman (shahar) miqyosida oktyabr oyida;
•    3-bosqich – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida noyabr oyida;
•    4-bosqich – respublika miqyosida barcha fanlardan aprel-may oylarida.

Barcha fanlardan nazorat turlari, shakllari, baholash mezonlari Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

4-bosqichda maktablarning 11-sinf, kasb-hunar maktablari, akademik litseylarning 2-bosqich o‘quvchilari qatnashadi.

Har bir fan yo‘nalishida ballar ketma-ketligida 1, 2, 3-o‘rinlarni egallagan o‘quvchilar g‘olib hisoblanadi.

Asosiy olimpiada g‘oliblariga quyidagi miqdorda pul mukofotlari beriladi:

3-bosqichda g‘olib bo‘lgan har bir o‘quvchiga: 

•    1-o‘rin – BHMning 6 baravari;
•    2-o‘rin – BHMning 4 baravari;
•    3-o‘rin – BHMning 3 baravari.

4-bosqichda g‘olib bo‘lgan har bir o‘quvchiga: 

•    1-o‘rin – BHMning 12 baravari;
•    2-o‘rin – BHMning 8 baravari;
•    3-o‘rin – BHMning 6 baravari.

Shuningdek, 4-bosqich g‘oliblariga ixtisoslik fani bo‘yicha davlat OTMlariga kirish imtihonlarida maksimal ball olish huquqini beruvchi va 3 yil davomida amal qiluvchi elektron sertifikatlar beriladi.

Informatika va axborot texnologiyalari fani bo‘yicha mazkur sertifikatni olgan o‘quvchilarga ixtisoslik fan sifatida matematika fanidan davlat OTMlariga kirish imtihonlarida maksimal ball olish huquqi beriladi.

Ta’lim muassasalarida o‘qituvchi bo‘lib ishlayotgan nufuzli xalqaro olimpiadalar g‘oliblari lavozim maoshiga har oy 150 foiz, asosiy olimpiadalar respublika bosqichi g‘oliblari lavozim maoshiga har oy 100 foiz miqdorida ustama haqi to‘lanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

163

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing