Endi byudjetda o‘qiyotgan talaba 3 baho olsa, stipendiyadan mahrum etiladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda 2019/2020 o‘quv yilidan oliy ta’lim sohasida joriy qilingan yangi o‘zgarishlarga ko‘ra, davlat granti asosida tahsil olayotgan talabalarning semestr yakunidagi reyting baholarining umumiy hisobi 3 bahoni tashkil qilsa, ular keyin semestrda stipendiyadan mahrum etiladi. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida o‘tgan Matbuot anjumanidan QALAMPIR.UZ muxbiri Feruza Najmiddinova xabar qilmoqda. 

“Byudjet asosida o‘qiydigan talabalarning o‘zlashtirishi reyting hisobida umumiy ko‘rsatkichi 30 foizdan past bo‘lsa, keyingi semetrdan stipendiya olishdan mahrum bo‘ladi”, Oliy ta’lim vazirligi vakili Maqsud Hamroyev. 

Ma’lumki, kuni kecha O‘zbekistonda davlat oliy ta’lim muassasalarida talabalarga stipendiya to‘lash tartibi o‘zgardi.

O‘zgarishlarga ko‘ra, 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalarga oylik to‘lanadigan stipendiya miqdori 400 000 so‘m etib belgilandi.

Davlat granti asosida o‘quvchi talabalarga stipendiya tabaqalangan koyeffitsiyentlarni qo‘llagan holda talabalarning reytingiga bog‘liq ravishda tayinlanadi.

Ma’lumot uchun, oliy ta’lim muassasalarida 2001 yil 1 sentyabrdan boshlab talabalarning reytingiga bog‘liq holda tabaqalangan koyeffitsiyentlarni qo‘llash bilan stipendiyalarning bazaviy miqdorlarlari belgilangan: 

•    reyting bo‘yicha eng yuqori ballar (86-100 foiz) - 1,0;

•    reyting bo‘yicha yuqori ballar (71-85 foiz) - 0,75;

•    reyting bo‘yicha o‘rtacha ballar (55-70 foiz) - 0,5.


Maqola muallifi

Teglar

Stipendiya

Baholaganlar

184

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing