Ebola ustidan g‘alaba qozonish nasib qilmadi – u qayta uyg‘ondi
Olam
−
20 aprel 2020
14998Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST) ma’lum qilishicha, “Ebola” bilan kasallangan bemorlardan biri Kongo Demokratik Respublikasining (KDR) sharqidagi shifoxonadan qochib ketgan.
KDR 13 aprel kuni Ebola kasalligi bo‘yicha to‘liq g‘alabani e’lon qilishi mumkinligi kutilayotgan edi. Biroq, oxirgi odam tuzalgandan 52 kun o‘tgach, infeksiyaning yangi holati qayd etildi. Hozirgi kunda mamlakatda Ebola virusini yuqtirishning oltita yangi holati aniqlandi, 10 apreldan beri ushbu kasallikdan ikki kishi vafot etdi.
Tashkilot bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 28 yoshli fuqaroda Ebola virusini yuqtirish bo‘yicha test javobi ijobiy chiqqan. U 17 aprel kuni Beni shahridagi o‘zi davolanayotgan tibbiy markazdan joydan qochib ketgan.
“Biz uni topish va aholi punktlari orasidan olib chiqish uchun barcha choralarni ko‘rmoqdamiz. Uni boshqa birovga yuqtiradi, deb taxmin qilayapmiz... Qidiruv ishlari davom etmoqda”, dedi JSSTning Ebola virusiga qarshi kurash bo‘yicha vakili Bubakar Diallo.
O‘z navbatida, Beni shahar merining o‘rinbosari Muhindo Bakvanamaha mahalliy hokimiyat qochib ketgan bemorni kuzatishga ulgurmaganligini tasdiqlagan.
LiveBarchasi