Endi “bog‘cha opalar” maktab o‘qituvchilari bilan teng miqdorda maosh oladi 

Jamiyat

image

Maktabgacha ta’lim pedagog xodimlari maoshlari umumta’lim maktabi o‘qituvchisi maoshiga tenglashtiriladi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot xizmati rahbari Mavluda Asqarxo‘jayeva ma’lum qildi.   

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilda maktabgacha ta’lim xodimlari lavozim maoshlarini oshirish yuzasidan qator amaliy ishlar qilinadi. MTT direktor lavozimi maoshi umumta’lim maktablari direktor (3 va 4-guruh) lavozimi maoshiga tenglashtiriladi. Tarbiyachi yordamchilari maoshi esa 70 foizga ko‘tariladi. Oshxona va buxgalteriya xodimlari oylik maoshiga 100% foiz ustama haqi belgilash ko‘zda tutilgan.

“Maktabgacha ta’lim tizimida moliyaviy jarayonlarning shaffof tarzda amalga oshirilishi uchun zarur sharoitlarni yaratish muhim sanalib, biometrik identifikasiya qilish texnologiyasi orqali davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlari va tarbiyalanuvchilarining davomatini yuritish uchun “Bolalar bog‘chasi” va “Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish” (NMTTB) axborot tizimlari to‘liq yuritilishi ta’minlanadi”, deydi Mavluda Asqarxo‘jayeva.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing