Endi Behzod Musayev O‘zbekistonda ishlayotgan chet elliklarning hisobini qiladi

Jamiyat

image

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayev respublika hududida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan chet el fuqarolari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni endilikda muntazam ravishda Iqtisodiyot va moliya vazirligiga elektron shaklda taqdim etib boradi.

Bu vazifa 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida yuklatilgan.

“Natijada, mehnat bozoriga malakali mutaxassislar talab yuqori bo‘lgan sohalarga kirib kelishi uchun zarur sharoitlarni yaratadi”, deyilgan xabarda.

Shuningdek, 2023 yil 1 martdan boshlab chet el fuqarolari uchun O‘zbekiston Respublikasida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga doir tasdiqnomani olish jarayonida mahalliy ishchi kuchi borligini hisobga olib, chet el fuqarolarini bo‘sh ish o‘rinlariga jalb qilish maqsadga muvofiqligini o‘rganish tartibi bekor qilinadi.

Tasdiqnoma amal qilish muddati davomida esa chet el fuqarosi xorijdan olib kelingan shaxsiy avtotransport vositasini olib chiqib ketish muddatini uzrli sabablarga ko‘ra o‘tkazib yuborganda qonunchilik hujjatlarida belgilangan yig‘imni to‘lashdan ozod etiladi.

Eslatib o‘tamiz, davlat dasturi to‘g‘risidagi prezident Farmoni loyihasi 6 fevral kuni jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. Mazkur jamoatchilik muhokamasi 17 fevralgacha davom etib, bunda har bir fuqaro ishtirok etishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing