Endi ba’zi shaxslar qasddan qotillik qilgandagina qamoqqa olinadi

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzolagani haqida xabar bergan edik.

Qaror bilan Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi. 

Unda belgilanishicha, sud ishlarini hal etishga aralashish, jumladan ishning har tomonlama, to‘la va xolisona o‘rganilishiga to‘sqinlik qilish, adolatsiz hukm, hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror chiqarilishiga erishish maqsadida sudyaga turli shaklda ta’sir o‘tkazish holatlari bo‘yicha javobgarlik kuchaytiriladi.

Mazkur loyihani amalga oshirish Oliy sud (Kamilov), Bosh prokuratura (Yo‘ldoshev), DXX (Azizov), IIV (Bobojonov), Adliya vazirligi (Davletov), manfaatdor idoralari zimmasiga yuklanadi.

Cudyaga hamda sudyalik faoliyati bilan bog‘liq holatlar bo‘yicha sobiq sudyaga nisbatan, ular tomonidan o‘ta og‘ir yoki oqibati inson o‘limi bilan bog‘liq qasddan jinoyat sodir etilgan holatdagina, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash tartibi joriy etiladi.  

Qonun loyihaning bajarilish muddati 2020 yil iyungacha bo‘lib, amalga oshirish sudyalar oliy kengashi (Mingboyev), Oliy sud (Kamilov) zimmasiga yuklatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

133

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing