Endi askiyachilikni rivojlantirish uchun byudjetdan milliardlab mablag‘ ajratiladi

Jamiyat

image

Marg‘ilonda Madaniyat va turizm vazirligi tizimida davlat muassasasi shaklida Yusufjon qiziq Shakarjonov nomidagi respublika askiya va qiziqchilik san’ati markazi tashkil etiladi hamda bu markazni moliyalashtirish uchun mahalliy byudjetdan mablag‘ ajratiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yilning 11 iyul kuni imzolagan “Respublikada milliy askiya va qiziqchilik san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorida aytilgan

Qarorga ko‘ra, Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida Madaniyat va turizm vazirligi tizimida davlat muassasasi shaklida Yusufjon qiziq Shakarjonov nomidagi respublika askiya va qiziqchilik san’ati markazi tashkil etiladi. Markazning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ijodkorlari ijtimoiy sharoitini yaxshilash maqsadida viloyat hokimligi Markazni saqlash va uning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun mahalliy byudjetdan 2023 yilda 2,3 milliard so‘m, 2024 yildan boshlab esa markaz talabnomasi asosida zarur mablag‘lar ajratadi. Aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan 2023 yil uchun 5 milliard so‘m homiylik xayriyasi hamda kelgusi yillarda ham homiylik xayriyalari ajratib boriladi.

Shuningdek, har yili askiya va qiziqchilar jamoalarining mahalliy gastrol safarlari, respublikadagi madaniyat markazlari, madaniyat va san’at yo‘nalishidagi ta’lim tashkilotlarida askiya va qiziqchilik san’ati to‘garaklari va ijodiy jamoalari hamda ularning jamoatchilik uchun har yili hisobot konsertlari tashkil etiladi.

Shu jumladan, davlat madaniyat tashkilotlari shtat birliklarining sonini maqbullashtirish hisobiga markazga 12 ta shtat birligi ajratiladi.

Bundan tashqari, O‘zbekistonda har yili so‘z ustalari va qiziqchilar o‘rtasida “Xush kayfiyat” respublika ko‘rik-tanlovi hamda askiya kechalari, bundan tashqari askiya va milliy qiziqchilik san’atini jahon miqyosida targ‘ib qilish maqsadida har ikki yilda bir marta “Tabassum” xalqaro kulgi festivali o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

askiyachilik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar