Endi arizalarni sudga taalluqli bo‘lmagani uchun rad etish taqiqlanadi
Jamiyat
−
31 yanvar 2022
4731Endi arizalarni sudga taalluqli bo‘lmagani sabab rad etish yoki ish yuritishni tugatish taqiqlanadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlari huquqlarining samarali himoya etilishini ta’minlash hamda aholining sudlarga bo‘lgan ishonchini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan.
Qarorga muvofiq, davlat organlari qarorlari ustidan berilgan shikoyatlarni ko‘rib chiqishda ma’muriy sudlarning rolini kuchaytirish maqsadida quyidagi tartiblar joriy etiladi:
• ma’muriy sudlarga dalillarni yig‘ish majburiyati yuklanadi, huquqi buzilganlarga esa dalillarni yig‘ishda faqat o‘z imkoniyatidan foydalanish sharoiti yaratiladi;
• davlat organlari qarorlari natijasida yetkazilgan zararni undirish talabini ham ma’muriy sudga bildirish huquqi beriladi;
• ma’muriy sudlarning hal qiluv qarorlari davlat organlari tomonidan ijro qilinmaganda, ularning mansabdor shaxslariga nisbatan sud jarimalari qo‘llanadi.
Shuningdek, endi arizalarni sudga taalluqli bo‘lmagani sabab rad etish yoki ish yuritishni tugatish taqiqlanadi. Arizalar sudga taalluqli bo‘lmaganda ularni ko‘rib chiqish vakolatli sudga o‘tkaziladi.
Bir sud ishi doirasida ba’zilari ma’muriy sudga, boshqalari esa fuqarolik sudiga taalluqli bo‘lganda ularni birlashtirish taqiqlanadi.
LiveBarchasi