Endi Android o‘yinlarni kompyuterlarda o‘ynash mumkin

Texnologiya

image

Google Android o‘yinlarni kompyuterda o‘ynash imkonini beruvchi ilovani ishga tushiradi. Ilovadan 2022 yilning boshida foydalanish mumkin. Bu haqda "The Verge" nashri ma’lum qildi.

Ma’lumot o‘rnida, Android o‘yinlarni kompyuterda o‘ynash imkonini beruvchi ilovani Windows 10 operatsion tizimi va uning keyingi versiyalari qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, Android operatsion tizimida ishlovchi o‘yinlar ishqibozlari ularni endi telefon, planshetlar orqali o‘ynashi mumkin bo‘ladi.

"2022 yildan boshlab o‘yin ishqibozlari o‘zlarining sevimli Google Play o‘yinlarini ko‘proq qurilmalarda sinab ko‘rishlari mumkin bo‘ladi va biz ularga o‘zlarining sevimli Android o‘yinlaridan bahramand bo‘lishlari uchun platformamizni kengaytirganimizdan xursandmiz", deydi Google kompaniyasining Android va Google Play’dagi o‘yinlar bo‘yicha direktori Greg Xartrel.

Bundan tashqari, kompaniya ushbu ilovani o‘zi yaratganini, ya’ni Google Microsoft, BlueStacks va boshqalar bilan hamkorlik qilmaganligini ta’kidladi.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

83

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing