Endi “Al-Azhar”da faqat Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tavsiyasi bilan o‘qish mumkin bo‘ladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Joriy yildan boshlab o‘zbekistonliklar Misr Arab Respublikasida joylashgan “Al-Azhar” ta’lim majmuasining barcha muassasalariga faqatgina O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning tavsiyasi asosida qabul qilinadi. Bu haqda qo‘mitaning ma’lumotida aytilgan. 

Qayd etilishicha, “Al-Azhar” ta’lim majmuasining barcha muassasalariga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini qabul qilish bo‘yicha murojaatlari joriy yil uchun 2021 yil 25 iyun kunidan – 15 iyul kunigacha (keyingi yillar uchun (yil davomida) 1 avgustdan keyingi yil 30 iyun kuniga qadar) Maslahat kengashi (Din ishlari bo‘yicha qo‘mita) tomonidan qabul qilinadi. 

“Al-Azhar” ta’lim majmuasida o‘qish istagida bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan Maslahat kengashiga quyidagi hujjatlarning nusxalarini taqdim etishi lozim:

1. Ariza (namuna bo‘yicha)

2. Fuqarolik pasporti yoki (ID) karta nusxasi;

3. Umumiy o‘rta ta’lim (11-sinf negizida shahodatnoma, attestat), o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yoki oliy ta’lim muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat;

4. Fuqaroning shaxsiy ma’lumotnomasi (namuna bo‘yicha namuna tuldirish shakli) va tarjimai holi (erkin shaklda).

Ma’lumot uchun, murojaatlar Maslahat kengashi Ishchi guruhi tomonidan joriy yil 16-30 iyul kunlari (keyingi yildan 1-30 iyul kunlari) ko‘rib chiqiladi hamda Ishchi guruhi bilan o‘tkazilgan suhbat natijasiga ko‘ra “Al-Azhar” ta’lim majmuasida o‘qishga tavsiya etilgan fuqarolar ro‘yxati tavsiya xati asosida Misr Arab Respublikasi “Al-Azhar” majmuasi institutlari departamenti administratsiyasining elektron manziliga yuboriladi. 

Murojaatlar Ishchi guruh tomonidan (manzil: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, A.Navoiy ko‘chasi, 12-uy. Tel: (71) 239-43-73)da haftaning dushanba-juma kunlari soat 9:00 dan 18:00 gacha qabul qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

92

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing