Endi 200 kVtdan oshiq iste’mol qilingan “svet”ning har bir kVtga 7500 so‘mdan to‘lanadimi?
Jamiyat
−
27 may 2022
38084Ijtimoiy tarmoqlarda bir oyda aholi qancha elektr energiyasi iste’mol qilishi va iste’mol qilingan 200 kVtdan oshiq elektr energiyasining har biri kVt uchun 7500 so‘mdan pul to‘lanishi belgilanayotgani haqida xabarlar tarqaldi. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi ushbu ma’lumotga izoh berib, xabar yolg‘on ekanini ma’lum qildi.
“Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda “1 oy davomida foydalanilgan elektr energiyasining 200 kVtdan ortgan qismi uchun foydalanilgan har bir kVt elektr energiyasiga 7500 so‘m miqdorida to‘lovlar amalga oshiriladi” mazmunida xabar tarqatilmoqda.
Hurmatli iste’molchilar, ushbu ma’lumot mutlaqo yolg‘on hisoblanib, bu kabi tasdiqlanmagan xabarlarga ishonmasligingizni so‘raymiz.
Shuni qo‘shimcha qilamizki, ayni kunlarda aholi va iqtisodiy tarmoqlarini sifatli va uzluksiz elektr energiyasi hamda tabiiy gaz bilan ta’minlash maqsadida energetika sohasini isloh qilishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika resurslarining narxlari va tariflarini o‘zgartirish to‘g‘risida”gi qaror loyihasi ish jarayonida va hujjatning loyihasi muhokama uchun regulation.gov.uz ga joylashtiriladi va barchaning fikr va takliflari ko‘rib chiqiladi.
Shu bilan bir qatorda, ijtimoiy tarmoq adminlaridan bu kabi asossiz va tasdiqlanmagan xabarlarni tarqatganlik uchun tegishli qonunchilik hujjatlarida javobgarlik belgilanganligini eslatib o‘tamiz”, deyiladi Energetika vazirligi rasmiy bayonotida.
Ma’lumot uchun, bugun, 27 may kuni soat 19:30 da QALAMPIR.UZ'ning YouTube kanalida Energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xo‘jayev energetika sohasidagi islohotlar, kutilayotgan narx oshishi kabi mavzularda eksklyuziv intervyu taqdim etiladi.
LiveBarchasi