Endi 15 yoshdan kichik maktab o‘quvchilari ham qonuniy ishlay oladi
Jamiyat
−
03 noyabr 2022
10106Endilikda o‘n besh yoshga to‘lmagan shaxslar bilan ham qonuniy mehnat shartnomasini tuzishga yo‘l qo‘yiladi. Ushbu norma Mehnat kodeksining yangi tahriri 118-moddasida nazarda tutilgan.
“Madaniy-tomosha tashkilotlarida, televideniye, radioeshittirish tashkilotlarida va boshqa ommaviy axborot vositalarida, shuningdek professional sportchilar bilan ota-onaning har ikkisining (ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxsning) roziligi hamda vasiylik va homiylik organining ruxsati bilan, sog‘lig‘iga va ma’naviy kamol topishiga ziyon yetkazmasdan asarlarni yaratish va (yoki) ijro etishda (ko‘rgazmaga qo‘yishda) ishtirok etish uchun o‘n besh yoshga to‘lmagan shaxslar bilan mehnat shartnomasini tuzishga yo‘l qo‘yiladi.” deyiladi mazkur moddada.
Shuningdek, ko‘rsatilgan yoshga to‘lgan shaxslar qabul qilinishi mumkin bo‘lgan ishlar, kasblar, lavozimlar ro‘yxatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
“Xodimning nomidan mehnat shartnomasini uning ota-onasi (ota-onasining o‘rnini bosuvchi shaxs) imzolaydi. Vasiylik va homiylik organining ruxsatnomasida har kunlik ishning eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan davomiyligi hamda ish bajarilishi mumkin bo‘lgan boshqa shartlar ko‘rsatiladi”- deb ushbu moddada qo‘shimcha qilinadi
Ma’lumot uchun, hozir amal qilayotgan Mehnat kodeksi 77-moddasiga ko‘ra ta’lim olish jarayonini buzmaydigan yengil ishni o‘qishdan bo‘sh vaqtda bajarish uchun o‘n besh yoshga to‘lgandan keyin ota-onasidan birining ruhsati bilan ishga qabul qilinolardi.
Eslatib o‘tamiz, Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi 2023 yilning 29 aprelidan kuchga kiradi
Hozirda esa bundan 27 yil oldin, 1995 yilning 21 dekabr sanasida qabul qilingan Mehnat kodeksi amal qilmoqda.
Samandar Haqqiyev
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr