Hokimlar portalga kelgan murojaatlar bo‘yicha hisobot beradi

Jamiyat

image

Viloyat, shahar va tuman hokimlari Xalq deputatlari kengashlari oldida xalq qabulxonalariga kelib tushgan murojaatlarning ijrosi bo‘yicha hisobot berib boradi. Bu haqda bugun, 24 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasida aytib o‘tildi. 

“Virtual va xalq qabulxonalariga yiliga 1 milliondan ortiq fuqaro murojaatlari kelib tushmoqda. Bu holat mazkur masalada yangicha yondashishni talab qilmoqda. Endi hokimlar murojaatlar o‘rganilishi bo‘yicha parlament va mahalliy Kengash deputatlari oldida hisobot berib boradi va buning ijrosi, albatta, nazorat qilinadi”, deydi Shavkat Mirziyoyev.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Mirziyoyev 2016 yil dekabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 24 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirdadagi nutqida barcha darajadagi hokimlar, prokuratura va ichki ishlar organlari rahbarlarining aholi oldida hisobot berish tizimi joriy etilishini aytgan edi. 

“Biz aholi eng ko‘p murojaat qiladigan davlat idoralari faoliyatida odamlar bilan ishlash bo‘yicha sifat jihatidan mutlaqo yangi tizimga o‘tish haqida o‘ylayapmiz. Xususan, 2017 yildan boshlab barcha darajadagi hokimlar, prokuratura va ichki ishlar organlari rahbarlarining aholi oldida hisobot berish tizimi joriy etiladi”, degan edi Prezident.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

50

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing