“Enasini ko‘rsatib, ayag‘imni yalattim”. SSV Rishtondagi holat bo‘yicha izoh berdi
Jamiyat
−
10 Sentabr 2021
24186Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyati Rishton tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Usmonjon Mamadaliyevning jurnalist va blogerlarni haqorat qilib, ularga bosim o‘tkazgani haqida audioxabar tarqaldi.
Audioxabarda o‘zini tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Usmonjon, deb tanishtirgan shaxs bir blogerning “enasini ko‘rsatib, oyog‘ini yalatganini” aytgan. Shu bilan birga u boshqa blogerni ham “uyiga borib bo‘lsa ham, tiqib kelishini” bildirgan. Holat bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligi izoh berdi.
Qayd etilishicha, mazkur holat vazirlik tomonidan nazoratga olingan. Ayni paytda audioxabarda keltirilgan ma’lumotlar yuzasidan atroflicha o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
“Ushbu holat nima sababdan yuz bergani aniqlashtirilib, shunga ko‘ra tegishli choralar ko‘rilishi ta’minlanadi. O‘rganishlar natijalari haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi jurnalistlar va blogerlarning professional faoliyatiga to‘sqinlik qiladigan har qanday holatlarni keskin qoralaydi”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi