“Emmi” mukofoti g‘oliblari aniqlandi 

Olam

image

AQSH televizion san’at va fanlar akademiyasi 2020 yilgi "Emmi" mukofoti g‘oliblarini e’lon qildi. 72-marotaba o‘tkazilayotgan taqdimotga bu yil Los-Anjeles mezbonlik qildi

"Eng yaxshi dramatik serial" nominatsiyasida mukofot "Merosxo‘rlar"ga nasib etdi. Eng yaxshi komediya yo‘nalishida "Shitts Krik" mukofotlangan bo‘lsa, eng yaxshi kichik serial g‘olibi "Qo‘riqchilar" jamoasi bo‘ldi.

"Shitts Krik" aktyorlari Ketrin O'Xara va Yudjin Levi komediya yo‘nalishidagi serialda o‘ynagan eng yaxshi aktyorlar bo‘lishdi. Komediya yo‘nalishidagi serialda ikkinchi darajali rollari uchun Deniyel Levi va Enni Merfi mukofotlandi. 

Aktyor Jeremi Strong va aktrisa Zendaya dramatik serialda rol ijro etgan eng yaxshi ijodkorlar bo‘lishdi. Dramatik serialdagi ikkinchi darajali rollari uchun Billi Krudap va Juliya Garner "Emmi" mukofotiga sazovor bo‘lishdi.

"Emmi"ga 1946 yilda asos solingan. U obro‘li mukofotlardan biri hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Emmi

Baholaganlar

35

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar