Mashhur xonanda “Golos. Deti”da g‘irrom qilganini tan oldi

Madaniyat-san’at

image

Xonanda Alsu “Golos. Deti” musiqiy teleloyihasining final bosqichida qizi Mikella Abramova foydasiga ovoz sotib olganini tan oldi. Bu haqda xonanda Kseniya Sobchak bilan intervyuda aytdi.

“Ksyusha, men tan olaman. Ha, men ovozni sotib oldim. Men Birinchi kanal qoidalariga mos ravishda va miqdorda ovoz sotib oldim”, degan xonanda.

Sobchak undan qizi atrofida yuz bergan mojaro vaqtida eng qiynovchi holat nima bo‘lganini so‘raganda Alsu shunday javob berdi:

“Eng katta og‘riq bu vaziyatda bilib turib qizimga zarar yetkazganim bo‘ldi. U bunga loyiq emasdi, men judayam afsusdaman.”

Alsu musobaqaning hech bir qoidasini buzmaganini, tanlovning har yilgi mavsumida ishtirokchilar SMS orqali ovoz sotib olishini ta’kidladi.

Ma’lumot uchun, “Golos. Deti” loyihasining 6-mavsumi yakunlari sarhisob qilingach, Mikella Abramova bilan bog‘liq mojaro kelib chiqqandi. Unda xonanda Alsu va biznesmen Yan Abramovning qizi 56,5 foiz ovoz olgan va birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgandi. Biroq tomoshabinlar yakuniy natijalar qalbakilashtirilgan deb hisoblagandi.

Tekshiruvlardan keyin ovozlar Abramova hisobiga sun’iy ravishda ko‘paytirilgani aniqlangan. 


Maqola muallifi

Teglar

Alsu

Baholaganlar

321

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar