Elektr tarmog‘iga ulanishning yangi tartibi belgilandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 31 avgustda qabul qilingan qarori bilan Yuridik va jismoniy shaxslarni elektr tarmoqlariga ulash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

Reglamentga ko‘ra, iste’molchi elektr tarmoqlariga ulanish uchun Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etadi yoki YAIDXP yoxud “ELEKTR” dasturiy ta’minoti (onlayn platforma) orqali ro‘yxatdan o‘tadi. 

Xizmat uchun BHMning 10 foizi (27 ming so‘m) miqdorida yig‘im undiriladi. YAIDXP orqali murojaat etilganda yig‘im miqdori 24 300 so‘mni tashkil etadi. 

Iste’molchilar elektr tarmoqlariga ulanish uchun Onlayn platforma orqali davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tgan holda murojaat etganda yig‘im undirilmaydi.

Iste’molchi murojaat etgan kundan boshlab 3 ish kunida elektr tarmoqlariga ulanishni rad etgan bo‘lsa, tegishli to‘lov summasi qaytarib beriladi.

Qayd etilishicha, ulanadigan quvvati 20 kVtgacha bo‘lgan iste’molchilarni elektr tarmoqlariga ulash uchun elektr ta’minoti loyihasini ishlab chiqish talab etilmaydi. Bunda HETK tomonidan ishlab chiqilgan elektr tarmoqlariga ulash sxemasi elektr ta’minoti loyihasi hisoblanadi va uni kelishish talab etilmaydi.

Ulanadigan quvvati 50 kVtgacha bo‘lgan iste’molchilarni elektr tarmoqlariga ulash belgilangan muddatlarda tabaqalashgan bir martalik to‘lov asosida amalga oshiriladi.

Mazkur tartib 2022 yil 1 yanvardan boshlab kuchga kiritiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

490

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing