Elektr energiyasi uchun 6 yarim milliard so‘mdan ziyod pul mablag‘lari undirildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston bo‘yicha 8 ming 950 ta iste’molchilarga texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar amalga oshirilib, 20 million 245 ming 928 kilovatt soat elektr energiyasi uchun ulardan 6 milliard 582 million 662 ming 613 so‘m miqdorida pul mablag‘lari undirildi.

Bundan tashqari iste’molchilar tomonidan reaktiv quvvat kompensatsiya qilinmasligi oqibatida elektr tarmoqlarida qo‘shimcha reaktiv yuklamalarni oqib o‘tishi va buning oqibatida elektr energiyasini iste’molchilarga yetkazib bergunga qadar bo‘lgan tarmoqlarda kuchlanishlar meyoridan pasayishiga olib kelmoqda. Bu o‘z-o‘zidan elektr tarmoqlarini ishonchliligi yo‘qolishi, tarmoqlardagi avariya holatlarini ortib ketishi, elektr tarmoqlarini o‘tkazish qobiliyatini tushib ketishiga olib keladi.

Bunday oqibatlarni oldini olish maqsadida inspeksiya tomonidan shu yilning so‘nggi uch oyi davomida respublika bo‘yicha 7 ming 470 ta iste’molchilarga ko‘rsatma xatlari yuborilgan va ushbu iste’molchilarning 1 ming 821 tasi tomonidan reaktiv quvvatni kompensatsiya qilish ishlari amalga oshirilgan. 

Natijada elektr energiyasini uzatishdagi texnologik yo‘qolishlarni 1million 970 ming 134 kilovatt soatga kamaytirishga erishildi. Takroriy berilgan ko‘rsatmalar soni 2 ming 638 tani tashkil etgan bo‘lsa shulardan 223 ta iste’molchi ishlarni tashkil etgan va buning natijasida 527 ming 785 kilovatt soat elektr energiyasini tejashga erishildi.

Qiyoslash uchun, ushbu elektr energiyasi Toshkent shahrining bir sutkalik elektr energiyasi miqdorini tashkil etadi yoki bu miqdor bilan oddiy bir maktabgacha ta’lim muassasasini o‘rtacha yarim yil ta’minlash mumkin bo‘ladi.

Huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim qilingan hujjatlar soni 34 ta, shulardan 6 ta iste’molchi kompensatsiya ishlarini qayta tashkil etganligi natijasida 32 ming 119 kilovatt soat elektr energiyasi tejaldi.

Masalan, Andijon tumanidagi iste’molchilar “Irmash plyus” MCHJ tomonidan 3 ming 687 kilovatt soat, “O‘ztongxong” AJ tomonidan 9 ming 557 kilovatt soat, “Xorsepover” MCHJ tomonidan 2 ming 100 kilovatt soat, “O‘zsemyunko” AJ tomonidan 1 ming 447 kilovatt soat va “Transservissavdo” MCHJ tomonidan 700 kilovatt soat elektr energiyasi tejalgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

10

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing