Elektr energiyasi narxi qimmatlashadi

Jamiyat

image

Elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi. U uch oydan keyin kuchga kiradi. Bu haqda “Norma” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ulangan quvvatidan qat’i nazar, kripto-aktiv va mayning sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi iste’molchilar foydalangan elektr energiyasi uchun to‘lovlarni tegishli tarif guruhiga asosan belgilangan tarifga nisbatan 3 barobar o‘suvchi koeffitsiyentga muvofiq to‘laydi.

Yaqin kunlarda bunday iste’molchilarni aniqlash va ularga o‘suvchi koeffitsiyentni qo‘llash tartibi ishlab chiqiladi. Bu vazifani Energetika vazirligiga Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda amalga oshirish topshirilgan.      

Qaror iqtisodiyot tarmoqlarida energiya samaradorligini oshirish hamda elektr energiyasidan oqilona foydalanishni keng targ‘ib etish maqsadida qabul qilingan.

Ma’lumot uchun:

kripto-aktiv – blokcheyndagi qiymati va egasi bo‘lgan yozuvlar jamligi;
blokcheyn – taqsimlangan ma’lumotlar reyestri, unda barcha ma’lumotlar ketma-ket yoziladi va bloklarga taqsimlanadi, bunda har bir yangi blok kriptografik imzo orqali avvalgi bloklar bilan bog‘liq bo‘ladi;
mayning – turli kriptovalyutalarda yangi birliklar va komissiya yig‘imlari formatida mukofot olish imkonini beradigan taqsimlash platformasini ta’minlash va yangi bloklar yaratish bo‘yicha faoliyat.
 
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 11.03.2020 yildan kuchga kiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

563

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made