Eldor Shomurodov kam o‘ynasa ham foydali bo‘lmoqda – Vensan Kandela

Sport

image

Eldor Shomurodov "Roma" tarkibida kam maydonga tushayotgan bo‘lsa-da, foydali o‘ynamoqda. Bu haqda Italiya A Seriyasi afsonalari va o‘zbek futboli yulduzlari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi doirasida Toshkentga kelgan "Roma"ning sobiq futbolchisi Vensan Kandellaning so‘zlariga tayanib, QALAMPIR.UZ muxbiri xabar berdi.

“Eldor Shomurodov va Joze Mourino uchun bu – “Roma”dagi birinchi mavsum. Eldor kam o‘ynayotgan bo‘lsa-da, jamoaga foyda keltirmoqda.  Eldorning jismoniy ustunliklari va texnikasi yoqadi. Agar ayrim kamchiliklarini to‘g‘rilay olsa, yanada kuchli futbolchiga aylanadi”, deydi fransiyalik jahon chempioni.

(Chapdan o‘ngga ikkinchida Vensan Kandella)

Ma’lumot uchun, ertaga, 18 may kuni Toshkentdagi “Paxtakor” stadionida O‘zbek futboli yulduzlari A Seriyaning afsonaviy futbolchilariga qarshi bahs olib boradi.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

403

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing