Eldor Shomurodov qaysi klubga o‘tishi ma’lum bo‘ldi 

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Italiyaning “Roma” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov faoliyatini “Bolonya” jamoasida davom ettiradi. Bu haqda italiyalik jurnalist Nikola Skira Twitter sahifasida yozib qoldirgan. 

Qayd etilishicha, bolonyaliklar Shomurodovni 10 million yevroga sotib olish huquqi bilan ijaraga oladi. Eldor ma’lum ko‘rsatkichlarga erishgan taqdirda sotib olish huquqi majburiyatga aylanadi.

“Bolonya” 27 yoshli futbolchini sotib oladigan bo‘lsa 2027 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolanadi.

Ma’lumot uchun, 2021 yilning yozida “Roma” Eldor Shomurodov uchun “Jenoa”ga 18 million yevro to‘lagan edi. O‘tgan mavsumda 27 yoshli Shomurodov “Roma” tarkibida Italiya A seriyasining 28 o‘yinida maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Transfermarkt” portali o‘zbekistonlik futbolchini 8 million yevroga baholagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1210

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing