Eldor Shomurodov “Yilning eng yaxshi futbolchisi”

Sport

image

Bugun, 25 dekabr kuni O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va Professional futbol ligasi tomonidan o‘zbek futbolining 2021 yil yakunlariga bag‘ishlangan “Uz Football Awards-2021” taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tmoqda. 

Jurnalistlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomaga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi va “Roma” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov “Yilning eng yaxshi futbolchisi” sovrini bilan taqdirlandi.

U mazkur sovrin uchun raqobatda “Al-Nassr” futbolchisi Jaloliddin Masharipov va “Nasaf” to‘purari Husain Norchayevni ortda qoldirdi.

Eslatib o‘tamiz, Shomurodov 2019 yilda ham O‘zbekistonning eng yaxshi futbolchisi, deb topilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

591

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing