Elchixona AQSHga kirishning shartini ma’lum qildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning 15 oktyabrida qabul qilingan Oq uy qaroriga ko‘ra, 2021 yil 8 noyabrdan boshlab AQSHga safar qilayotgan chet el fuqarolari COVID-19 ga qarshi to‘liq emlanganliklarining isbotini taqdim etishlari talab etiladi. Bu haqda O‘zbekistondagi AQSH elchixonasi ma’lum qildi.

Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi (SDS) veb saytida AQSHga kirish uchun qabul qilinadigan vaksinalar FDA (AQSH Oziq-ovqat va farmatsevtika boshqarmasi) tomonidan tasdiqlangan yoki ruxsat berilgan va Jaxon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) favqulodda vaziyatlarda qo‘llash ro‘yxatidagi vaksinalar bo‘lishi kerakligini belgilangan.

JSSTning favqulodda vaziyatlarda qo‘llash ro‘yxatiga kiritilgan vaksinalar bilan mazkur havola orqali tanishishingiz mumkin.

Mazkur tartiblar to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotni travel.state.gov manzili orqali bilib olishingiz mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

348

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing