Ekvadordagi qamoqxonada otishma yuz berdi. 100 dan ortiq qurbon bor

Olam

image

Ekvador g‘arbidagi Guayakil shahrida joylashgan qamoqxonada joriy yilning 28 sentyabr kuni yuz bergan otishma oqibatida 116 kishi halok bo‘ldi va 80 kishi jarohatlandi. Bu haqda mamlakat Prezidenti Gilermo Lasso ma’lum qildi.

“Bu juda fojiali voqea. Hozirgi vaqtda 116 kishi halok bo‘lgani va 80 ga yaqin odam jarohatlangani ma’lum bo‘ldi. Ularning barchasi mahbuslar”, degan Lasso matbuot anjumanida.

Lassoning so‘zlariga ko‘ra, u “tartibni tiklash va yangi zo‘ravonlikning oldini olish” maqsadida mamlakat jazoni ijro etish tizimida 60 kunga favqulodda holat e’lon qilish to‘g‘risidagi farmonni imzolagan.

“Biz boshqa jazoni ijro etish muassasasida tahdid haqida ma’lumotga ega emasmiz, lekin bu qamoqda va bir yoki ikki yil oldin boshqa qamoqxonalarda sodir bo‘lgan voqealarni hisobga olganda bu sodir bo‘lishi mumkin”, degan davlat rahbari.

Ma’lumot uchun, Guayakildagi qamoqxonada turli guruhlar o‘rtasidagi kelishmovchilik otishmaga sabab bo‘lgani aytilmoqda. Hozirda vaziyat nazoratga olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

216

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing