Ekvadorda yengil samolyot qulashi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi
Olam
−
08 aprel 2021
2279Ekvadorda yengil samolyot halokatga uchradi. Oqibatda 6 kishi halok bo‘lgan, ularning orasida shifokorlar ham bor. Bu haqda “Eluniverso” xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, kecha, 7 aprel kuni tushdan keyin bortida shifokorlar ham bo‘lgan yengil samolyot Ekvadorninng Guayas provinsiyasi Salitre shahridagi sholi dalalariga qulagan. Ma’lum qilinishicha, kema ichida ekipajning ikki a’zosi va to‘rt nafar yo‘lovchi, shu jumladan Sukumbiosning Nuyeva Loja shahridan COVID-19 bilan kasallangan bemorni davolab qaytayotgan tibbiyot xodimlari ham bo‘lgan.
Candilejos qarorgohi hududidagi sholi dalasi qudug‘i yonida ishlayotgan dehqonlar soat 12:30 lar atrofida samolyot guvillashini eshitganini, keyin esa samolyot havoda bir necha marta aylanib, pastga qulaganini tasdiqlagan.
Ba’zi fuqarolar darhol samolyotga yaqinlashib, ularga yordam berishga harakat qilgan. Shunga qaramasdan, milliy politsiya xodimlari voqea joyiga yetib kelgach, samolyot ichidagi olti kishining o‘limi tasdiqlangan.
Vafot etganlardan biri shifokor Silviya Orellana havo kemasi ichidagi yagona ayol bo‘lgan. Halok bo‘lganlarning qarindoshlari va do‘stlari ham voqea sodir bo‘lgan joyga bir necha daqiqadan so‘ng yetib kelgan.
Sardor To‘lanboyev
LiveBarchasi