Ekvador JCHdan chetlatilishi mumkin. Uning o‘rni kimga nasib qilishi aniq

Sport

image

FIFA joriy yilning 10 iyun kuni Ekvador terma jamoasini 2022 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatida ishtirok etishdan chetlashtirish qarorini e’lon qilishi mumkin. Bu haqda “TYS Sports” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, FIFA 2022 yilda Qatarda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatida Ekvador ishtirok etmasligi, uning o‘rnini esa Chili egallashi haqida allaqachon qaror qabul qilgan. Faqat buni ommaga e’lon qilish qoldi, xolos.

Qayd etish joizki, advokat Eduardo Karletsso Ekvador terma jamoasi himoyachisi Bayron Kastilo kolumbiyalik ekani, shu bois uning Ekvador terma jamoasida o‘ynashga haqqi yo‘qligi haqida dalillar borligini iddao qilgandi. Advokat himoyachi Kastiloning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasini topdi. Guvohnomada Bayron 1998 yil noyabr oyida Ekvadorda emas, Kolumbiyaning Tumako shahrida tug‘ilgani ko‘rsatilgan. Ushbu ayblovning haqiqat ekanligini FIFA ham e’tirof etsa, Ekvador mundialdan chetlatiladi.

Ma’lumot o‘rnida, Qatarda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati joriy yilning 21 noyabrdan 18 dekabrga qadar o‘tkaziladi. Musobaqaning amaldagi g‘olibi Fransiya terma jamoasi hisoblanadi.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

64

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing