Eksport uchun mahsulotlarni birjada sotish boshlanadi. Xorijliklar imtiyozlar bilan kutib olinadi
Jamiyat
−
17 may 2022
5038Bugun, 17 may kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yil yakuniga qadar O‘zbekistonda eksport-import mahsulotlarining birja savdolari hajmi 500 million dollarga olib chiqish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.
Unga ko‘ra, 1 iyuldan boshlab eksport uchun 10 ming tonna mis, 50 ming tonna qora metallar, 15 ming tonna oltin-gugurt, 1 million kvadrat metr qurilish oynasi birjaga qo‘yiladi.
Shuningdek, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xorijdagi elchilar va savdo maslahatchilari bilan birga mineral o‘g‘it, neft mahsulotlari, ko‘mir, yog‘och kabi mahsulotlar bo‘yicha birja savdolarini boshlash uchun kamida 100 ta xorijiy yirik ishlab chiqaruvchi va ulgurji savdo korxonalarini jalb qiladi.
Shu bilan birga, joriy yil 1 iyuldan boshlab birja savdolari orqali eksport-import qilishda:
• xorijiy yetkazib beruvchilarga elektron raqamli imzoni majburiy olish tartibi bekor qilinadi;
• xorijiy kompaniyalar uchun oldindan to‘lov va birja xizmatlari to‘lovi bekor qilinadi;
• tadbirkorlarga to‘lovlarni kafolatlash bank akkreditivi singari birja kliring tizimi orqali ham ta’minlanadi.
LiveBarchasi