Eksport mahsulotlari ishlab chiqarishga olib kelingan xomashyo import bojidan ozod etiladi — Prezident
Jamiyat
−
20 avgust 2021
3963O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda o‘tkazilayotgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqot vaqtida soliq tizimini takomillashtirish, biznesga soliq yukini imkon qadar kamaytirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi:
Qayd etilishcha, soliq stavkalari va soliq ma’murchiligi bo‘yicha tadbirkorlar tomonidan ko‘tarilayotgan haqli savollar hali juda ko‘p.
“Birinchidan, o‘tgan yili yangi Soliq kodeksi amalga kiritilganidan keyin, 23 ta maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilari avvalgi imtiyozlarimiz saqlanib qoladimi yoki yo‘qmi, deb bezovta bo‘lmoqda.
“Bu borada bir fikrni aniq qilib aytmoqchiman: 2020 yil fevral oyida “Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingunga qadar iqtisodiy zonalarda ro‘yxatdan o‘tgan tadbirkorlarga berilgan imtiyozlar saqlab qolinadi”, deydi davlat rahbari.
Shuningdek, Prezident ichki bozorda teng raqobat bo‘lishi uchun eksport mahsulotlari ishlab chiqarishga olib kelingan xomashyo import bojidan ozod etilishini qo‘shimcha qildi.
“Lekin, bir narsani aniq tushunib olish lozim. Biz qo‘shilgan qiymat solig‘ining uzluksiz zanjirini yaratish bo‘yicha katta islohotlarni olib borayapmiz”, deydi davlat rahbari.
Shu bois, maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga qo‘shilgan qiymat solig‘ining ortiqcha qismini 7 kun ichida qaytarib berish tartibi joriy qilinadi.
Ta’kidlanishicha, ushbu tartib tadbirkorlarga bir yilda o‘rtacha 350 milliard so‘m qo‘shilgan qiymat solig‘ini qisqa muddatda qaytarib olish va aylanma mablag‘larini ko‘paytirish imkoniyatini beradi.
Bundan tashqari, chetdan olib kelingan tovarlar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini 120 kun davomida bo‘lib-bo‘lib to‘lashda tadbirkorlarga foiz hisoblanmaydi va garov talab etilmaydi.
LiveBarchasi