Eksklyuziv videointervyu: Burak O‘zchivit O‘zbekistonga nega kelgan edi?

Biznes

Taniqli turk aktyori Burak O‘zchivit O‘zbekistonga kelgan edi.

Ayni vaqtda Toshkent ko‘chalari aktyor Burak O‘zchivit ishtirokidagi reklama suratlari bilan to‘lgan. To‘g‘ri joy, to‘g‘ri loyiha, to‘g‘ri narx so‘zlari bitilgan bannerlar “Bizning uylar development” tomonidan taqdim etilayotgan “Olmazor city” loyihasiga tegishli.

Burak O‘zchivit Toshkentda bo‘lib, Kichik xalqa yo‘li yonidan oqib o‘tuvchi kanal atrofida qurilayotgan uylar loyihalari bilan tanishdi. OAV xodimlari bilan uchrashdi, savollarga javob berdi.

QALAMPIR.UZ tomonidan Burak O‘zchivit bilan maxsus intervyu tayyorlandi. Ushbu intervyuni yuqoridagi va quyidagi videopleyerlarda tomosha qilishingiz mumkin.

Intervyuning matn ko‘rinishi

—O‘zbekistonga xush kelibsiz!

— Xush ko‘rdik.

— Menimcha, O‘zbekistonga ilk bor kelyapsiz. Sizga yoqdimi?

— Juda go‘zal mamlakat. O‘zbekistonni to‘liq kezib chiqdim deyolmayman, ammo bundan keyin ziyorat qilaman. Samolyotdan tushiboq to‘g‘ri mehmonxonaga ketdik. Keyin loyiha taqdimotiga keldik, uylar bilan tanishdik. Aslida Istanbuldagiligimda loyihani ko‘rib chiqqan edim. Menga kompyuter orqali “Olmazor city” haqida ma’lumot berishdi, uning konsepsiyasini tushuntirishdi. Loyihani bu yerda ko‘rib turish esa umuman boshqacha...

Bu O‘zbekistondagi eng katta turar joy majmuasi deb bilaman. Shuning uchun bunday loyihada ishtirok etish men uchun juda yoqimli.

— Aslida bunday loyihalar dunyoning har nuqtasida bor. Jumladan, Istanbulda ham. Nega aynan “Olmazor city”ni tanladingiz?

— Men uchun muhim bo‘lgan narsalardan biri shuki, “Olmazor city” O‘zbekiston uchun ilk qadam. Negaki, bu yer  mamlakatdagi eng yirik turar joy majmuasi. Birinchi marta bunday yirik loyihaga qo‘l urilyapti. Men birinchilarning orasida bo‘lishni yaxshi ko‘raman. Bugungacha amalga oshirgan ishlarim, seriallarda o‘ynagan rollarimdan kelib chiqsak, hammasi bir biridan farqli bo‘lgan. Bu loyihani tanlashimning eng katta sabablaridan biri ham shu edi.

Ikkinchidan, o‘zbek xalqi men uchun muhimdir.

— Chunki, urf-odatlarimiz bir, dinimiz bir...

— Albatta! Biz ham bir vaqtlar O‘rta Osiyo zaminidan bugungi Turkiya tuproqlariga borib joylashganmiz...

— Va bu mavzu ayni kunlarda sizga yanada yaqin. Ayniqsa, “Tirilish. Erto‘g‘rul”dan...

— Albatta. Men qardoshligimizni o‘ylayman va buni davom ettirish kerak. Men ilk qadamni tashlagan bo‘lay, birgalikda bundanda chiroyli va katta ishlarni amalga oshiraylik. Ammo, “Olmazor city” juda ahamiyatli loyiha. Biz unga nisbatan to‘g‘ri joy, to‘g‘ri loyiha, to‘g‘ri narx degan so‘zlarni qo‘lladik. Bu bir loyiha uchun juda muhim omillar. Men O‘zbekiston xalqiga shuni e’lon qilamanki, uylar savdosi bugundan boshlandi.

— Sizni O‘zbekistonda kim deb taniydilar: Kemalmi, Kemranmi yo Burak?

— Aslida hammasi desam to‘g‘ri bo‘ladi. Bu yerlarda “Sevgi iztiroblari” seriali juda sevib tomosha qilinibdi. Shu serialdagi Kemal o‘laroq juda yaxshi ko‘rishar ekan. Bilishimcha, “Choliqushi” hali hamon namoyish etilyapti. Bu serialning mening hayotimdagi roli o‘zgacha. Qolaversa, “Muhtasham yuz” yil seriali ham namoyish etilyapti.

Ayni damda “Tirilish” serialida suratga tushish arafasidaman. Men bu serialda Usmon rolini ijro etaman. Turkiya tarixida Usmonning alohida o‘rni bor. Chunki, Usmoniylar davlatining asoschisi. Shu bois bu tuproqlarda yashayotgan qardoshlarimiz uchun uning o‘rni bo‘lakcha deb bilaman. Shu yilning yoz oylarida serialda suratga tushish uchun tayyorgarlikni boshlayman. Keyinroq, o‘zbek tomoshabinlari bilan Usmon o‘laroq birgalikda bo‘laman.

— Hamkorlikdagi loyihalar ham bo‘ladimi?

— Masalan, qanday loyiha?

— Serial...

— Agar shuni istashsa, albatta, hamkorlikda serial va filmlar tayyorlaymiz.

Ma’lumot o‘rnida, “Olmazor City”  amalga oshirilayotgan investitsiya loyihasining investori bo‘lib - Turkiyaning "Mesa" kompaniyasi tarkibiga kiruvchi "Ozun Tashkent Construction" xorijiy korxonasi hisoblanadi. Loyiha dizayni Turkiyaning "IKI DESIGN" me’morlik byurosi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, loyihaning akustika qismi "MEZZO Studio" kompaniyasi, landshaft dizayn qismini ishlab chiqishga "SPIGA" kompaniyalari jalb etilgan. 

“OLMAZOR CITY” - To‘g‘ri joy. To‘g‘ri loyiha. To‘g‘ri narx.  

Batafsil ma’lumot: 

Tel.: +998712104444
Sayt: www.bizninguylar.uz
Telegram: @bizninguylar

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

225

Reyting

4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing