Eksklyuziv! Nazarboyevning nabirasi o‘limidan avval davlat to‘ntarishi haqida bobosini ogohlantirgan
Olam
−
14 yanvar 2022
36776Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti - Elboshi Nursulton Nazarboyevning nabirasi Oysulton Nazarboyev bundan bir yarim yil avval bobosini unga qarshi fitna uyushtirilgani haqida ogohlantirgan. 2020 yil 6 iyun kuni u o‘zining Facebook’dagi sahifasida quyidagicha post qoldirgan:
“Yakkayu-yagona Xudo mendan Nursulton Nazarboyev hukumatidagi odamlar uning atrofida salafiylar guruhini yig‘ib ularni qurol-yaroq bilan ta’minlayotgani haqida Elboshiga yetkazib qo‘yishni so‘radi. Ularning soni 400 kishi atrofida. Ular hokimiyatni kuch bilan egallash uchun barcha zarur qurol-yarog‘ bilan ta’minlangan. Hozirda ular tog‘ va o‘rmonlarga yashirinishgan, bir qismi esa Qozog‘istonning poytaxtiga ham yaqinlashib qoldi! Sun’iy yo‘ldosh va radar razvedkasi ularni osongina topishi mumkin!”
Oradan uch kun o‘tgach, Oysulton Facebook orqali "Qozog‘istonda rejalashtirilgan davlat to‘ntarishi haqidagi razvedka ma’lumotlarini" yetkazish maqsadida ekanligini bildirib Vladimir Putinga murojaat yo‘llaydi.
“Qozog‘istondagi davlat to‘ntarishiga urinishlar ortida AQSH maxsus xizmatlari, ya’ni Markaziy razvedka boshqarmasi turibdi, ular salafiylar va radikal islomchilardan foydalanmoqchi. Hammasi diniy yoki millatchilik asosida boshlanadi! Asosiy vazifa Rossiyani o‘rab olish va uni zararsizlantirish uchun Rossiyaning tumshug‘i ostida tartibsizliklarni uyushtirish. Bularni barchasi allaqachon, 1995 yilda rejalashtirib qo‘yilgan. Fitnaga Prezidentning atrofidagilar ham aralashgan, bu juda puxta o‘ylangan reja”, deya xabar qoldirgan Oysulton Nazarboyev Facebook’da.
Shundan so‘ng, 14 iyun kuni Oysultonning yozishicha, uning oldiga Prezident ma’muriyatidan shifokorlar kelib, uning tanasida spirtli ichimliklar va giyohvand moddalar bor yoki yo‘qligini aniqlovchi testlarni o‘tkazishga majbur qilishgan. U buni hokimiyatni egallab olishga urinish haqidagi postlari bilan bog‘lagan.
Bu voqealardan ikki oy o‘tib, 2020 yil 16 avgust kuni Oysulton Nazarboyev Londonda vafot etgan. Britaniyalik ekspertlar uning o‘limi sababini kokainga qaramlik deya ma’lum qilgan.
Behruz Saidov
LiveBarchasi